Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Vakansiyalar

Yangilangan sana:  13 Mart 2024, 12:30
13.03.2024

"Octobank" AJ

“Octobank” AJ - insonlar va texnologiyalar birlashadigan maskan.
So‘nggi uch yil ichida biz texnologik transformatsiyani amalga oshirib, kelajak raqamli bankini yaratmoqdamiz: biznes jarayonlari o‘zgarmoqda, mijozlar tajribasi ortmoqda va innovatsion ishlanmalar joriy etilmoqda.
Raqamli texnologiyalar sharofati bilan “Octobank” AJ moliyaviy operatsiyalarni tez va qulay amalga oshirish usullari, shuningdek, istalgan vaqtda va dunyoning istalgan nuqtasidan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taklif etadi.
“Octobank” AJ moliyaviy xizmatlar olamida qulaylik, tezlik va innovatsiyalarni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlov.
Jamoamizga qo‘shiling, hozir va shu yerning o‘zida transformatsiya jarayonlariga hissa qo‘shing!
13.03.2024

Loyiha ofisida loyiha menejeri

*Lavozim talabgorning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Biz bank mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyor, maqsadga intiluvchan va mas’uliyatli mutaxassislarni qidirmoqdamiz.

Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya yoki loyihalarni boshqarish bo‘yicha oliy ma’lumot
-O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)
- Loyihani boshqarish bo‘yicha eng kamida 2 yillik ish tajribasi
- Loyihalarni boshqarish metodologiyalarini bilish (PRINCE2, PMBOK va boshqalar).
- Loyihalarni rejalashtirish, monitoring qilish va nazorat qilish ko‘nikmalari
- Byudjetlashtirish va moliyaviy tahlil bo‘yicha tajriba
- Kirishimli muloqot, jamoada ishlash qobiliyati

Majburiyatlar:
- Yangi ishlanma hamda xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha loyihalarni boshqarish
- Loyiha rejalari va byudjetlarini ishlab chiqish va nazorat qilish
- Risklarni tahlil qilish va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish
- Bankning turli bo‘limlari va tashqi hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish
- Loyihani amalga oshirish bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash

Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi
- Kasbiy va lavozimda ko‘tarilish uchun imkoniyat
- Barqaror va jadal rivojlanayotgan bankda ishlash
- Qulay ish sharoitlari va korporativ bonuslar
13.03.2024

Loyiha ofisida loyiha tahlilchisi

*Lavozim talabgorning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Biz bank mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyor, maqsadga intiluvchan va mas’uliyatli mutaxassislarni qidirmoqdamiz.

Majburiyatlar:
- Jarayonlarni ixchamlashtirish va ish faoliyatini yaxshilash maqsadida bank loyihalarini tahlil qilish;
- Loyihalar bo‘yicha rejalashtirish, monitoring va hisobot berish jarayonida loyiha ofisini qo‘llab-quvvatlash;
- Risklarni tahlil qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Kerakli ko‘rsatkich va ma’lumotlarni to‘plash uchun turli biznes bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Talablar:
-Iqtisodiyot, moliya bo‘yicha oliy ma’lumot
-O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)
- Tahliliy sohada eng kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Loyihalarni boshqarish metodologiyasini bilish;
- Tahliliy vositalar va dasturiy ta’minot bilan ishlash ko‘nikmalari;
- Kirishimli muloqot va tahliliy ko‘nikmalar;
- Iqtisodiyot, loyihalarni boshqarish yoki analitika bo‘yicha oliy ma’lumot.

Biz taklif etamiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
- Raqobatbardosh ish haqi va mukofotlar;
- Kasbiy va lavozimda ko‘tarilish uchun imkoniyatlar;
- Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari
13.03.2024

Chakana savdo bo‘yicha mutaxassis

*Lavozim talabgorning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Talablar:
- Bank sohasida eng kamida 2 yillik ish tajribasi
- Terminallar va to‘lov tizimlari bilan ishlash sohasida chuqur bilim
- Terminallar bilan ishlash bo‘yicha ishlanmalar ishlab chiqish va joriy etish ko‘nikmalari
-  Moliya, iqtisod yoki menejment bo‘yicha oliy ma’lumot
- O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)

Majburiyatlar:
• Yuridik va jismoniy shaxslar toifasidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash
• Terminallar samaradorligini tahlil qilish va ularni optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish

Biz taklif qilamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi
- Rasmiy ishga joylashish
- Kasbiy va lavozimda ko‘tarilish uchun imkoniyatlar
- Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari
13.03.2024

Korporativ kreditlash bo‘limi bosh mutaxassisi

*Lavozim talabgorning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Majburiyatlar:
- Korporativ kreditlash bo‘limi ishini tashkil etish
- Bo‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
- Korporativ mijozlarga kreditlar berish jarayonini boshqarish
- Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish
- Yuridik hujjatlar bilan ishlash
- Mijozlar bilan muzokaralar

Talablar:
- Oliy iqtisodiy yoki moliyaviy ma’lumot
- O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)
- Bank sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasi
- Kreditlash sohasidagi qonun hujjatlarini bilish
- Xodimlarni boshqarish qobiliyati
- Ravon nutq, kirishimli muloqot, stressga chidamlilik

Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi
- Kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilish
- Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari
-O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
13.03.2024

Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi

*Lavozim talabgorning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Talablar:
- Iqtisodiyot yoki moliya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot
-O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)
- Bank sohasining ichki audit yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi
- Bank faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilish
- Ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish olqishlanadi
- Axborotni tahlil qilish va tartibga solish qobiliyati
- Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va hujjatlarni boshqarish dasturlarini bilish

Majburiyatlar:
- Ichki nazorat tizimlari va amaliyotlari samaradorligini tekshirishni rejalashtirish va o‘tkazish
- Bankning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash
- Tekshirish natijalari bo‘yicha hisobotlarni tuzish va jarayonni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish
-Bankning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish

Biz taklif etamiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- Kasbiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyati
- Raqobatbardosh ish haqi
- Kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar (o‘qitish, lavozimda ko‘tarilish)
- Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari
13.03.2024

Chakana kreditlash bo‘limi bosh mutaxassisi

*Lavozim nomzodning bilimi, malakasi va ish tajribasini inobatga olgan holda yakka tartibda belgilanadi.

Talablar:
• Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
• Chakana kreditlash bo‘yicha qonunchilikni bilish
• Jamoani boshqarish va belgilangan maqsadlarga erishish qobiliyati
• Kirishimli muloqot
• Iqtisodiyot yoki moliya bo‘yicha oliy ma’lumot
• O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi)
• Moliyaviy hisobotlarning tuzilishini bilish, mijozning moliyaviy holatini tahlil qilish qobiliyati. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qobiliyati (kredit portfeli).

Majburiyatlari:
- Chakana kreditlash bo‘limi faoliyatini tashkil etish va boshqarish
- Kredit olish uchun mijozlarni jalb qilishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- Kreditlarning belgilangan tartibda berilishi va bankning kredit siyosatiga rioya etilishini nazorat qilish
- Kreditlar berishda risklarni tahlil qilish va baholash
- Chakana kreditlash mahsulotlarini ishlab chiqish va optimallashtirishda ishtirok etish.

Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi
- Kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilish
- Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari
-O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish

Для отправки своего резюме, заполните предоставленную анкету ниже и прикрепите её в форме:


Rezyume yuborish
Hajmi: 199.70 КБ
Format: pdf

Rezyume jo‘natish

Faylning maksimal hajmi 3.00 MB

* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12620.09
13599.41
15892.48
136.73
13926.38
83.33
Sotib olish
12 560
13 400
15 000
120
10 000
50
Sotish
12 630
13 800
16 500
140
15 500
120
 
19.95
-42.76
-16.46
0.81
8.19
0.09
MB kursi - 29.03.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 29.03.2024 09:00 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech